Rossiyaning Moskva viloyatida joylashgan Barvixa shahrida taniqli arxitektor Zaxa Hadid loyihasi asosidagi yagona uyning qurilishi yakunlandi. Uyning egasi Capital Group kompaniyasining asoschilaridan biri Vladislav Doronin bo‘lib, arxitektorning o‘zi uni “rus Jeyms Bondi” deb atagan. TJournal ana shu uyning suratlarini taqdim etdi.

Foto: Dunyodagi Zaxa Hadid loyihasi asosida qurilgan yagona uy - yangiliklar

Foto: TJournal

Binoning o‘ziga xosligi shundaki, ingichka beton “butoq”qa 22 metr balandlikda asosiy qism biriktirilgan. Uyning g‘oyasi o‘n yil avval, biznesmen va arxitektor Londonda uchrashgan vaqtda tug‘ilgan. Hadid o‘shanda bo‘lajak binoni salfetkaga chizgan.

Foto: Dunyodagi Zaxa Hadid loyihasi asosida qurilgan yagona uy - yangiliklar

Foto:…