Fastfud tirik organizmlarning immun tizimiga salbiy ta‘sir ko‘rsatadi. Uning ta’siri esa zararli mahsulotlardan voz kechib, sog‘lom ovqatlarga o‘tgandan keyin ham uzoq vaqt saqlanadi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.

Fastfudning organizm immun tizimiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi aniqlandi - yangiliklar

Foto: “TASS”

Bonn universiteti tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot fastfud nafaqat semirishga sabab bo‘lishini, balki organizmning immun tizimini kuchsizlantirishini ham aniqladi. Undan so‘ng faqat foydali mahsulotlar iste’mol qilinsa ham, turlicha yallig‘lanishlar tez rivojlanadi. Buning barchasi infarkt, insult, bo‘g‘im kasalliklari, arterioskleroz va diabetga olib kelishi mumkin.