Britaniyalik xonanda Devid Bouiga tegishli bo‘lgan Volvo 262C eski mashinalar uchun rekord summaga sotildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Devid Bouiga tegishli Volvo eski mashinalar uchun rekord summaga sotildi - yangiliklar

Foto: The Oldtimer Galerie Toffen

Xaridor mazkur lot uchun 212,8 ming Shveysariya franki (taxminan 216 ming dollar) to‘ladi. Uning boshlang‘ich narxi 65—75 ming frankka baholangandi.

Volvo 262C 1981-yilda ishlab chiqarilgan va o‘z model qatorida oxirgisi bo‘lgandi.

Xonanda mashinadan 1998-yilgacha foydalangan va unda atigi 53 ming kilometr yo‘l bosgandi. Ekspertlarga ko‘ra, avtomobil narxiga bu ham ta’sir qilgan.