Angliya chempionatida beshinchi bo‘lib turgan Londonning “Tottenhem” klubi Chempionlar Ligasidagi mag‘lubiyatsiz yurishini davom ettirdi.

Chempionlar Ligasi. “Tottenhem” Turinda “Yuventus” bilan jangovor durang o‘ynashga erishdi - yangiliklar

Foto: FotMob

Chorak final yo‘lida Turinning “Yuventus” klubiga raqib bo‘lgan “shporlar” safar o‘yinida 2:2 hisobida durang o‘ynadi. A seriya yetakchisi dastlabki 10 daqiqadayoq 2 ta gol urgan bo‘lsa-da, qolgan daqiqalarda bellashuvni londonliklar nazorat qildi va o‘z irodasini namoyish etib, hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi.

Shu kuni turinliklar safida argentinalik hujumchi Gonsalo Iguain dublga erishdi….