Bugun, 16-aprel sanasida Qarshining “Nasaf” jamoasi Osiyo Chempionlar Ligasining so‘nggi, 6-turini BAAda “Al-Vasl”ga qarshi o‘tkazadi.

Bugun “Nasaf” OChL guruh bosqichidagi so‘nggi o‘yinini safarda “Al-Vasl”ga qarshi o‘tkazadi - yangiliklar

Foto: “Championat.asia”

Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 20:00 da boshlanadi. Sport-TV telekanali esa mazkur o‘yinnni jonli efirda namoyish etadi.

Ma’lumot uchun “Nasaf” 5-turda Eronning “Persepolis” jamoasini qabul qilib, nursiz durang qayd etgan holda Osiyo Chempionlar Ligasidagi ishtirokini erta yakunlashga majbur bo‘lgan edi. Bugungi o‘yin esa qarshiliklar uchun so‘nggi tur sifatida yodda qoladigan bo‘ldi.