Yangi avlod BMW M5 sedani yangi Ginnes rekordini o‘rnatdi. Avtomobil to‘xtovsiz driftda sakkiz soat harakatlandi. Bunda avtomobil yoqilg‘i quyish uchun to‘xtamadi, buning uchun mashina yurib turgan vaqtda tezkor yoqilg‘i quyish tizimi ishlab chiqilgan bo‘lib, 50 soniyda 70 litrgacha benzin quya oladi. Bu haqda “Motor” xabar berdi.

BMW M5 374 kilometrni 8 soatda to‘xtovsiz drift bilan bosib o‘tdi (video) - yangiliklar

Foto: “Motor”

Sedan AQShdagi BMW Performance Center trekida sakkiz soat davomida ikki mingtadan ortiq aylanani bosib o‘tgan.

Hammasi bo‘lib, avtomobil 374,17 kilometrni bosib o‘tgan va Toyota GT86 tomonidan 209,5 kilometrga…