Turkiyalik futbolchi Arda Turan turk klubi uchun 2,5 yilga ijaraga berildi. Bu ma’lumotni “Barselona” matbuot xizmati tasdiqladi.

Arda Turan “Barselona” bilan 2,5 yilga xayrlashdi va “Istanbul Boshoqshehir” klubiga borib qo‘shildi - yangiliklar

Foto: Eurosport

Turan shu mavsum so‘ngiga qadar “Istanbul Boshoqshehir” safida to‘p suradi va yana 2 ta to‘liq mavsumni shu klubda o‘tkazadi. Ijara shartnomasi o‘z ichiga qanday bandlarni olgani ma’lum emas.

Turan 2015-yil yozida kataloniyaliklar bilan shartnoma imzolab, “Atletiko” safidan “Barselona”ga yetib kelgandi. Biroq debyutini u salkam yarim yil kutishiga to‘g‘ri keldi. FIFA “Barselona”ga yangi…