O‘zbekiston Milliy axborot agentligi (O‘zA) AQShning O‘zbekistondagi elchisi Pamela Spratlen “Amerika ovozi”ga bergan intervyusini e’lon qildi.

AQSh elchisi: Prezident Karimov o‘rniga Mirziyoyev kelishini hech kim kutmagan edi - uz yangiliklar

Pamela Spratlen.
Foto: “RIA Novosti”

Intervyu davomida Spratlen xonim O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev uni ko‘p jihatdan hayron qoldirganini ta’kidlagan.

U nafaqat meni, balki hammani ajablantirdi. Uning rahbarlikka tanlanishi juda qiziq, ehtiyotkorona va pishiq, chuqur mulohazali bir qaror bo‘ldi. Xalqaro hamjamiyatda hech kim Prezident Karimov o‘rniga shu odam keladi, deb kutmagan edi. Mirziyoyev…